Shohjahon Ergashev Ramires yoki Progreysga qarshi titul jangi o‘tkazmoqchi

  • 1 sentabr, 2019, 21:18
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

27 yoshli o‘zbekistonlik engilmas bokschi Shohjahon Ergashev birinchi o‘rta og‘ir vazn toifasida WBC va WBO chempioni Xose Ramires yoki WBA kamari sohibi Redjis Progreysga qarshi jang qilmoqchi ekanligini aytib o‘tdi.

Tecno

WBA reytingida 4, IBF reytingida 6 va WBO reytingida 8-o‘rinda borayotgan Ergashev kelajakda o‘z vaznini o‘zgartirmoqchi ekanligini ta’kidladi.

"Men reytingi yuqori, mag‘lubiyatsiz odimlayotgan bokschilarni mag‘lub etdim. Hozir esa menga kamar kerak. Men eng kuchli bokschi bilan jang qilmoqchiman. Rejis Progreys, Xose Ramires va umuman barcha kuchlilar bilan. Bir-ikki yildan so‘ng o‘rta og‘ir vazn toifasida chempion bo‘lishni istayman", - deb Ergashevning so‘zlirini keltirib o‘tdi The Ring nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!