
Shohjahon Ergashevning raqibi o‘zgardi. Bu safar afrikalik emas
Professional boksning super engil vazn toifasida (63,5 kg) faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Shohjahon Ergashev (21-0, 19KO) navbatdagi jangini 26-may kuni Michigan shtatida o‘tkazishi haqida ma’lumot bergan edik. Dastlavval, boxrec.com sayti ma’lumotiga ko‘ra, unga Burkina-Faso vakili Issuf Kinda (18-5, 7KO) raqiblik qilishi belgilangan edi. Ammo rasmiy e’longa ko‘ra, ushbu oqshomda Ergashev 10 raund etib belgilangan bahsda argentinalik Luis Alberto Veronga (19-3-2, 9KO) qarshi jang olib boradi.
Ushbu oqshomning markaziy to‘qnashuvi og‘ir vazn toifasi vakillari Otto Uallin hamda Raydell Buker o‘rtasida kechadi.
Fikrlar