Shohsanam Sherzodova va Nilufar Zokirova jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Polshaning Poznan shahrida o'tayotgan baydarka va kanoëda eshkak eshish bo'yicha jahon chempionatining bugungi bahslari ham terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli kechdi. 

Ayollar o'rtasida 200 metr masofaga kechgan juftlik kanoe dasturida Shohsanam Sherzodova hamda Nilufar Zokirova kumush medalga sazovor bo'lishdi. 

Bu terma jamoamizning mazkur dunyo birinchligida qo'lga kiritgan ikkinchi medali bo'ldi. Eslatib o'tamiz, kecha shu masofada kechgan erkaklar o'rtasidagi yakkalik kanoe bahslarida Artur Guliev ham marraga ikkinchi bo'lib yetib kelgan edi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!