
Shohsanamxon Toshpo‘latova ham finalda ishtirok etdi
Hozirgina para suzish bo‘yicha ayollar o‘rtasida S13 klassida 100 metr masofaga brass usulida suzish bo‘yicha final bahslari nihoyasiga etdi.
Medallar uchun kechgan bahsda hamyurtimiz Shohsanamxon Toshpo‘latova 1:19.99 daqiqa vaqt bilan marraga oltinchi bo‘lib keldi.
Shu tariqa Toshpo‘latova ham Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, Toshpo‘latova Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida 200 metr masofaga individual kompleks usulida suzish bo‘yicha bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.
Fikrlar