Shohsupani yana o‘zbek chavandozlari to‘ldirishdi

  • 31 may, 2021, 12:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Ot sporti
TIGGO 2 PRO

O‘zbekiston, Rossiya , Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi mamlakat vakillari ishtirok etayotgan turnirning galdagi dasturida chavandozlar 130 sm balandlikdagi to‘siqdan oshib o‘tish bo‘yicha bellashishdi. Ahamiyatlisi, mazkur yo‘nalishda ham shohsupaning barcha o‘rinlari terma jamoamiz vakillariga nasib etdi. Qayd etish joiz, birinchi o‘rinni “Etos” laqabli tulporda ishtirok etgan O‘zbekiston yilqichilik va ot sport federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziev egalladi.

1. Bahromjon Gaziev (O‘zbekiston) – “Etos” (ot laqabi)
2. Saidamirxon Turg‘unbaev (O‘zbekiston) – “Kastaniya”
3. A’zam Tolibboev (O‘zbekiston) – “Ledi”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!