Shomurodov – eng kreativ futbolchi! Italiyaning jiddiy nashrlari Eldorning o‘yiniga baho berdi

  • 19 yanvar, 2021, 20:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasining 18-turidan o‘rin olgan “Atalanta” va “Jenoa” uchrashuvida hisob ochilmadi. Lekin durang natija genuyaliklarga g‘alaba teng. Chunki, Eldor Shomurodov jamoasi joriy mavsumda yuqori ligadagi o‘rnini saqlab qolish uchun kurashmoqda. Bosh murabbiy Davide Ballardini bu vazifasini Italiya kubogida “Yuventus”ni engib, shov-shuv ko‘tarishdan ustun qo‘ydi.

Tecno

Aslida “Jenoa” Turinda ham 90 daqiqa o‘zidan kuchli jamoa bilan  tengma-teng o‘ynab, durang qayd etgandi. “Yuventus” qo‘shimcha vaqtdagina mehmonlarni taslim qilmb, keyingi bosqichga chiqdi.

“Atalanta” ham  so‘nggi yillarda “Yuventus”, “Inter”, “Napoli”, “Milan” kabi Italiyaning grand jamoalari bilan teng raqobatlashadigan klubga aylanib qolgan. Ular o‘z oldiga muntazam ravishda sovrinli o‘rinlar va Chempionlar ligasi yo‘llanmasini asosiy maqsad qilib qo‘ymoqda. Jamoaning eng asosiy ustunliklaridan biri hujumkorligidir. “Atalanta” A Seriyada ko‘p gol urish bo‘yicha faqatgina birinchi o‘ringa chiqib olgan “Inter”dan beshta to‘pga ortda qolmoqda. Bu jamoa futbolchilari raqiblar darvozasiga jami 40 ta gol urgan.

Xullas, bu gal “Atalanta” hujumdagi qudratidan foyda chiqara olmadi. O‘yin vaqtining 62 foiz qismida to‘pni egallab turgan bo‘lsa-da, mehmonlar darvozasi tomon yo‘l topa olmadi. “Jenoa” mustahkam himoyalandi. Eldor Shomurodov hujum qilishdan tashqari mudofaaga ham ko‘p ko‘maklashdi.

c8cc38b6fa08620a1caaace09462e330

Umuman olganda, o‘zbekistonlik legioner odatga ko‘ra, uchrashuvni ancha faol o‘tkazdi. Futbolchilarning o‘yini va xatti-harakatlarini baholab borishni xush ko‘radigan Italiya ommaviy axborot vositalarining aksariyati Eldorning o‘yiniga yuqori baho qo‘ydi.  

Xususan, Italiyaning sport sohasidagi eng nufuzli va jiddiy nashri La Gazzetta dello Sport Eldor Shomurodovni 6,0 ballga loyiq ko‘rdi. Genuyaliklar tarkibida eng yuqori bahoga tajribali himoyachi Domeniko Krishito ega bo‘ldi – 7,0.

La Gazzetta dello Sport mutaxassislari ushbu uchrashuvda qatnashgan MDH mamlakatlaridan kelgan yana ikki futbolchining o‘yinini pastroq baholadi. Faol o‘ynashga harakat qilgan ukrainalik Ruslan Malinovskiyga Shomurodovga nisbatan bir ball pas qo‘yildi. 66 –daqiqada uning o‘rniga maydonga tushgan rossiyalik Aleksey Miranchuk 5,5 ballga loyiq o‘yin ko‘rsatdi. Miranchuk mezbonlarni kuchaytira oldi va bir nechta o‘tkir hujumlar tashkil qildi.

Shuningdek, Bergamo shahrining L'Eco di Bergamo gazetasi ushbu shahar sharafini himoya qilgan “Atalanta” vakillari Miranchuk  va Malinovskiyga 5 balldan berdi. Nashr tomonidan raqib hujumchisi Eldor Shomurodov esa, ancha yuqori – 6,5 ballga loyiq ekani qayd etildi.

Ushbu o‘yinga Italiyaning etakchi  ijtimoiy-siyosiy gazetasi Corriere della Sera ham o‘z munosabatini bildirdi. Ayniqsa, ular Rossiya chempionatida bir davrda o‘ynagan A Seriya debyutantlari – Aleksey Miranchuk va Eldor Shomurodovning Italiyadagi ilk to‘qnashuvi baholash imkoniyatini qo‘ldan chiqarmadi.

maxresdefault_25

Corriere della Sera nashri mutaxassislari ham bu o‘yinda ustunlik o‘zbek futbolchisi tomonida bo‘lganini tan oldi. Eldorga 6,5, Alekseyga  undan bir ball pas baho qo‘yildi.

Umuman olganda, uchrashuv davomida Eldor Shomurodov darvoza tomon bir necha zarba berdi, ulardan biri ustun yonginasidan o‘tib ketgan bo‘lsa, yana bittasini raqib darvozaboni qaytardi. Hamyurtimiz hujumchi bo‘lishiga qaramasdan, maydon markazi va himoyada  ham faollik ko‘rsatdi. Raqib o‘yinchisini bir marta aldab o‘tdi, jamoadoshlariga uzatgan 28 ta to‘pidan 16 tasi manzilga aniq etib bordi, ikki marta jamoadoshlarini o‘tkir pas bilan hujumga olib chiqdi va “Jenoa”ning eng kreativ o‘yinchisi, deya tan olindi.

Endi “Jenoa” jamoasi A Seriyadagi navbatdagi uchrashuvini 24 yanvar kuni o‘z maydonida o‘tkazadi. Bu gal Shomurodov jamoasi nisbatan qulay jamoa – “Kalyari” raqiblik qiladi. “Kalyari” futbolchilari ham bu mavsum yuqori ligada qolish uchun kurashmoqda va genuyaliklarning bu borada to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobatchisi hisoblanadi.

"Bugun Shomurodov gol ursa, zo‘r futbolchi bo‘lish uchun o‘zbekcha taom eyishga o‘taman!"

O‘yin boshlanishiga bir necha soat qoldi. Bugun Shomurodov nimalarga qodirligini ko‘rsatib qo‘yishi kerak!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
77 77
18/01/2021 18:31
Имкониятдан фойдалан элдор