Shomurodov eng zo‘r jamoada o‘ynayotgan ekan...

  • 13 mart, 2022, 20:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Eldor Shomurodovning “Roma”si xalqaro musobaqalarida eng zo‘r natija qayd etib kelayotgan Italiyaning eng yaxshi jamoasi hisoblanar ekan. Milliy chempionat va mamlakat kubogida anchadan beri yuqori natija ko‘rsata olmayotgan rimliklarning keyingi besh yillikda xalqaro kubok o‘yinlaridagi natijalarini birorta italyan klubi qayd etgani yo‘q, deb yozmoqda IL Tempo.

“Roma” o‘tgan mavsumda Evropa Ligasida yarim finalga qadar etib borgandi. Joriy mavsumda esa Konferentsiyalar ligasining chorak finaliga chiqish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega. Joze Mourino shogirdlari nimchorak finalning birinchi o‘yinida Niderlandiyada “Vitess”ni kichik hisobda er tishlatib qaytdi.

Oxirgi besh yillik tahliliga “bo‘rilar”ning 2017-2018 yilgi mavsumda Evropa Chempionlar ligasida yarim finalgada o‘ynagani ham tarixiy natija sifatida qayd etilgan. Shularni inobatga olib,  IL Tempo nashri mutaxassislarni “Roma”ni Italiya jamoalari o‘rtasidagi Evropa maydonlarida eng yaxshi ko‘rsatkich qaytgan klub sifatida e’tirof etmoqda.

“Roma” so‘nggi yillarda “Yuventus” va “Napoli” qatori Evrokuboklarning pley-off bosqichida ishtirok etgan. Ikki martadan yarim final va nimchorak finallarda qatnashgan poytaxtliklar bu mavsumda hali qit’a miqyosidagi yurishini to‘xtatgani yo‘q. “Roma” oldiga Konferentsiyalar ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritish vazifasi turibdi.

Bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha “Roma” hozircha “Yuventus”, “Milan”, “Latsio” va “Napoli” kabi klublardan oldinda ekani aytilmoqda.

Bundan tashqari, Konferentsiyalar ligasidagi ishtirokini davom ettirayotgan jamoalar orasida “Roma” UEFA reytingida etakchi hisoblanadi.

Albatta, “Roma”ning xalqaro maydondagi muvaffiqiyatli yurishida Eldor Shomurodovning ham hissasi bor. Legionerimiz debyut mavsumida Konferentsiyalar ligasida jami sakkiz marotaba maydonga tushib, bitta gol va ikkita assist qayd etgan.

5839f729ae841fb1a04bfc7a3c2434b3_1

“Roma” tarixiga nazar tashlasak, poytaxt klubi faoliyati davomida uch marta Italiya chempioni, 13 marotaba vitse-chempion, sakkiz marta bronza medal sohibi bo‘lgan.

Italiya kubogidagi natijalari esa biroz yaxshiroq. Rimliklar jami 17 marotaba finalda to‘p tepib, shulardan to‘qqiztasida bosh sovringa ega chiqqan.

“Roma” Italiya superkubogining hal qiluvchi bahsida olti marta ishtirok etib, ikki bor zafar quchgan, to‘rt marotaba sovrinni raqibga topshirishga majbur bo‘lgan.

Mourinoning rejasi o‘xshadi

“Roma” mutasaddilari bundan to‘rt yil muqaddam Joze Mourino e’tiboriga tushgan serbiyalik darvozabon Mile Svilarni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Svilar 18 yoshidayoq Chempionlar ligasida Mourino boshqaruvidagi “Manchester Yunayted”ga qarshi maydonga tushib, Antoni Marsyal tepgan penaltini bartaraf etgan va portugaliyalik mutaxassisning ro‘yxatiga tushgan edi.

Svilar 2017 yildan beri “Benfika” sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu kunga qadar, jami 23 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z darvozasidan 20 ta to‘p olib chiqqan. Tabiiyki, yosh posbon lissabonliklarning asosiy darvozaboni hisoblanmaydi.

“Roma” Svilarni 33 yoshli Ruy Patrisioga o‘rinbosar sifatida olib keldi. U bilan to‘rt yillik bitim imzolandi va tomonlar kelishuviga ko‘ra, hamkorlik yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.

Iste’dodli darvozabon mavsum oxirida erkin agentga aylanganidan keyin Rim klubiga bepul ko‘chib o‘tadi.

231702764_m

Mourino yana ikki o‘yinchini kutmoqda

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun “Barselona” va  “Manchester Yunayted”dan o‘yinchi olmoqchi.

“Barselona”dan o‘ynayotgan Serjino Dest jamoani Xavi qabul qilib olganidan keyin asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotdi. Kataloniyaliklar avvalgi murabbiy Ronald Kuman tanlagan o‘yinchini yozda sotib yuborishi kutilyapti.

“Roma” Dest atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda va qulay fursat kelishi bilan uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Diogu Dalot ham “Manchester Yunayted”ning asosiy tarkibiga kirishga qiynalyapti. Portugaliyalik himoyachi boshqa jamoaga o‘tishga qarshi emas. O‘tgan mavsumda ijara asosida “Milan” sharafini himoya qilgan Dalot bu gal “bo‘rilar” safini to‘ldirmoqchi.

Dalot manchesterliklar safidagi dastlabki uchrashuvlarini aynan Joze Mourino “Manchester Yunayted”ni boshqargan davrda o‘tkazdi. 22 yoshli futbolchi o‘stozi bilan do‘stona aloqalarni saqlab qolgan. Bu omil uning “Roma”ni tanlashida muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.

440938

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!