Shomurodov Evropadagi yurishini qachon boshlashi ma’lum bo‘ldi

  • 1 sentabr, 2020, 19:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov to‘p surayotgan “Rostov” jamoasi o‘tgan yilgi premer-liga bahslarini beshinchi o‘rinda yakunlab, yangi mavsumda Evropa Ligasida o‘ynaydigan bo‘ldi.Rostovliklar musobaqani saralash turnirning uchinchi bosqichidan boshlaydi.

Tecno

Bugungi qur’a tashlash marosimida uchinchi bosqich jutfliklari aniqlandi.

“Rostov” Isroilning “Makkabi Xayfa”, Qozog‘istonning “Qayrat” va Bosniyaning “Jeleznichar” jamoalaridan biriga qarshi o‘ynaydi. Aslida musobaqaning dastlabki saralash bosqichida isroilliklar bosniyaliklar bilan kuch sinashishi lozim edi. O‘yin boshqa muddatga qoldirdi. Ushbu juftlik g‘olibi 17 sentyabrga belgilangan ikkinchi bosqichda “Qayrat” bilan bellashadi. G‘olib guruh bellashuvlari oldidan bo‘ladigan pley-off bosqichi yo‘llanmasi uchun bo‘ladigan hal qiluvchi o‘yinda Eldor Shomurodov jamoasiga qarshi o‘ynaydi.

Uchinchi bosqich o‘yinlari 24 sentyabr kuni bo‘ladi. Saralash turniri va pley-off bahslari  koronavirus pandemiyasi tufayli bir o‘yindan iborat bo‘lishi va muxlislarsiz o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!