Shomurodov jamoasi yaxshi seriyani davom ettirmoqda

  • 7 fevral, 2021, 22:54
  • Bekzod Isayev
  • 0
CHERY AUTO

Evropada jamoalarning g‘alabali va mag‘lubiyatli seriyalarini ma’lum qilib borish odat tusiga kirgan. Biz ham bir necha kundan beri "Jenoa"ning mag‘lubiyatsiz o‘yinlarni qayd etayotgani borasida xabar bermoqdamiz.

Tecno

Genuyaliklar 6 fevral kuni "Napoli"ni 2:1 hisobida taslim  qilib, mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirmoqda. Eldor Shomurodov jamoasi 9 yanvardan beri mag‘lubiyatsiz odimlamoqda. "Jenoa" oxirgi 5 uchrashuvda faqatgina "Atalanta" bilan durang o‘ynadi xolos. Qolgan bellashuvlarda zafar quchdi. Shu bois, ular turnir jadvalida 12-o‘rniga ko‘tarildi.

E’tiborlisi, birinchi davrada "Napoli" genuyaliklarni 6:0 hisobida taslim etgandi. Bu natija "Jenoa"ning ushbu mavsumdagi eng yirik mag‘lubiyati sanaladi. Kecha esa, Ballardini shogirdlari raqibni enga oldi. Endi jamoa A Seriyadagi keyingi turni 13 fevral kuni "Torino"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!