Shomurodov jamoasini engolmagan “Milan” “Barsa”dan yordam so‘radi

  • 18.12.2020 17:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

A Seriyaning ketma-ket ikkita uchrashuvida ochko yo‘qotgan “Milan” tarkibini kuchaytirish maqsadida “Barselona” futbolchisini olishga qaror qildi.

Milanliklar iste’dodli yarim himoyachi Riki Puchni so‘rab, “Barselona” rasman murojaat yubordi. Stefano Pioli bu futbolchini qishki transferlar vaqtida ijaraga olmoqchi. Shuningdek, shartnomaga keyinchalik Puchni 13 million evroga sotib olish huquqi ham kiritilgan.

Ta’kidlash joizki, “Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman yozda klubni tark etishdan bosh tortgan Riki Puchni asosiy tarkibda o‘ynatmasligini bir necha bor aytgan edi. Puch joriy mavsumda atigi 77 daqiqa o‘ynadi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!