Shomurodov "Jenoa"da faqat bir futbolchidan kam maosh oladi
"La Gazzetta dello Sport" nashri A Seriya klublarida to‘p suruvchi futbolchilarning ish haqlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, "Jenoa" klubi maoshlar uchun yiliga 41 mln evro sarf etishi ma’lum bo‘ldi.
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov yiliga 1,3 mln evro maosh oladi va u bu orada klubda katta maoshga ega bo‘lgan ikkinchi futbolchi sanaladi. Faqatgina 31 yoshli yarim himoyachi - Milan Badel Eldordan ko‘proq maosh oladi (1,4 mln evro).
Umuman olganda, futbolchilarga eng ko‘p maosh to‘lovchi klublar reytingida "Jenoa" A Seriyadagi 20 klub orasida 12-o‘rinni egallab turibdi.


Fikrlar