
Shomurodov oxirgi marta qachon asosiy tarkibda maydonga tushganini eslay olasizmi?
"Roma" safida harakat qilayotgan legionerimiz Eldor Shomurodov Italiya A Seriya doirasidagi "Torino"ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshlaydi.
Ma’lumot uchun, hamyurtimiz so‘nggi bor 2021 yil 4 dekabr kuni chempionatning 16-turida "Inter"ga qarshi bahsda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgandi. Oradan 167 kun o‘tib u yana asosiy tarkibda.
Shomurodov joriy mavsum "bo‘rilar" tarkibida barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 6 golga assistentlik qilgan.
Fikrlar