
Shomurodov ustozi Karpin bilan uchrashadi!
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 20 noyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida Rossiya futbolchilariga qarshi ilk marotaba o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Bo‘lajak bellashuvga qiziqish katta.
Rossiyalik futbol ishqibozlari va mutaxassislari bugungi kundagi eng mashhur futbolchimiz Eldor Shomurodovning Rossiya terma jamoasiga qarshi bo‘ladigan bahsda ishtirok etishini kutmoqda. Rossiya jurnalistlari bu haqda futbolchimizning agentlaridan biri Qahor Mo‘minovga murojaat qildi.
- Eldor Shomurodov Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘ynaydimi va Valeriy Karpin bilan uchrashadimi? Albatta, shunday qiladi, bu ajoyib-ku, - dedi Qahhor Mo‘minov.
Rossiya milliy terma jamoasiga bosh murabbiylik qilayotgan Valeriy Karpin bir paytning o‘zida “Rostov”ni ham boshqarmoqda. Bu mutaxassis Eldor Shomurodovning ustozi hisoblanadi.
Hamyurtimiz Italiyaga ketishidan oldin uch yil davomida Rossiya premer-ligasida Valeriy Karpin qo‘l ostida “Rostov” sharafini himoya qilgan. Mutaxassislar rossiyalik murabbiy o‘zbek hujumchisining yangi qarralarini ocha olganini va uni Evropa futbolida o‘zini ko‘rsata oladigan yuqori saviyali forvard qilib tarbiyalay olganini alohida ta’kidlashadi.
Bundan tashqari, Valeriy Karpin o‘z jamoasi uchun muhim pallada Eldor Shomurodovning transferiga to‘sqinlik qilmasdan, hamyurtimizni “Jenoa” jamoasiga qo‘yib yuborgani ham mutaxassislar va muxlislar tomonidan juda yaxshi qabul qilindi.
Shomurodov “Rostov” tarkibida 2017-2020 yillar davomida o‘ynab, Rossiya premer-ligasida 80 ta uchrashuvda 16 ta to‘p kiritgan va jamoadoshlariga 10 ta golli pas uzatgan. Shuningdek, hamyurtimiz Evropa ligasi saralash bahsida “Makkabi Xayfa” klubi darvozasini ham ishg‘ol qilgan. Rossiya kubogida o‘n marta maydonga tushib, bitta gol va ikkita assist muallifi bo‘lgan.
Umuman olganda, Eldor Shomurodov klublar miqyosida o‘zi ishtirok etgan barcha turnirlarda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. Xususan, “Masha’l” tarbiyalanuvchisi “Bunyodkor”da o‘ynagan davrida O‘zbekiston Superligasi va Osiyo chempionlar ligasida o‘z hisobiga bir nechta gol va assistlarni rasmiylashtirgan.
“Jenoa” va “Roma” o‘yinchisi sifatida A Seriya, Italiya kubogi, UEFA Konferentsiyalar ligasi, Evropa ligasi musobaqalarida raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Eldor Shomurodov bugungi kunda O‘zbekiston milliy terma jamoasining sardori hisoblanadi. Transferlarga ixtisoslashgan www.transfermarkt.world saytida qayd etilishicha, 27 yoshli hujumchimiz mamlakatimiz bosh jamoasi safida 57 ta bahsda maydonga tushib, o‘z hisobiga 31 ta gol yozdirib qo‘ygan.
Statistika mutaxassislar Shomurodov tez orada O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixida eng zo‘r to‘purarga aylanishini ta’kidlamoqda. Hozircha, Eldor terma jamoamiz to‘purari Maksim Shatskixdan uchta to‘pga ortda qolmoqda. Ayni paytda “Paxtakor”ga bosh murabbiylik qilayotgan Shatskix futbolchilik davrida O‘zbekiston termasi safida raqiblar darvozasini 34 marotaba ishg‘ol qilgan.
Demak, 20 noyabr kuni Toshkentda Rossiya terma jamoasi bilan bo‘ladigan xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida Eldor Shomurodovni kutib qolamiz.
Shomurodov “Inter” yoki “Yuventus”ga o‘tishi kerak!
Evropada Shomurodovga ov boshlandi!
Mourino “Roma” hujumchilarini keskin tanqid qildi, endi Shomurodovga o‘yin berish kerakdir?
Legionerimiz Rossiyaga qarshi o‘yinga munosabat bildirdi
Legionerimizning goli rekord o‘rnatdi, medalni naqd qildi va chempionlik imkoniyatini saqlab qoldi!
Mourino Abraxamdan Shomurodovning ishini takrorlashni talab qildi!
Legioner hujumchimizning kelajagi mavhum bo‘lib qoldi!
Fikrlar