
Shomurodov raqobatlashayotgan futbolchi 50-golini urdi
A Seriyaning 12-turida “Roma” futbolchilari “Verona” maydonidan 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.
“Bo‘rilar”ning uchinchi golini zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Stefan El-Shaaravi urdi. Uchrashuvdan keyin futbolchi o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
- Nihoyat, “Roma” safidagi 50-golimni urdim va biz g‘alaba qozondik. O‘yin juda og‘ir bo‘ldi va katta talafotlar evaziga uch ochko oldik. Bu muvaffaqiyat biz uchun juda muhim, - dedi Stefan El-Shaaravi.
Ma’lumki, bugungi kunda “Roma”da Temmi Abraxam, Paulo Dibala va Andrea Belotti asosiy tarkib o‘yinchilari hisoblanadi. Ularning o‘rinbosari sifatida maydonga tushish uchun Stefan El-Shaaravi va Eldor Shomurodov o‘zaro raqobatlashishga majbur.
Bu mavsum Joze Mourino asosan italiyalik hujumchiga o‘yin vaqtini ko‘proq bermoqda. Joriy mavsumda 30 yoshli futbolchi jami o‘nta uchrashuvda jami 345 daqiqa harakat qildi va bittadan gol hamda asssist qayd etdi.
Fikrlar