Shomurodov “Real” yulduzi bilan o‘ynashi mumkin

  • 23.09.2021 08:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ma’lum bo‘lishicha, “Roma” yozgi transferlar vaqtida “Real” pleymeykeri Marko Asensioga xaridor bo‘lgan.

Biroq, “Qirollik klubi” talab qilgan 35 million evro rimliklar uchun qimmatlik qilgani bois, bu transfer amalga oshmay qoldi.

Shunga qaramay, Joze Mourino o‘z jamoasini kuchaytirish uchun ispaniyalik hujumkor futbolchini olish fikridan qaytgani yo‘q. Asensioning o‘zi ham madridliklar bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas. Ispan futbolchisi italiyalik bosh murabbiy Karlo Anchelotti unga etarli darajada o‘yin amaliyoti bermasligidan xavotirda.

Asensioning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yarmigacha davom etadi.

“Roma” mutasaddilari kelasi yozda “Real” futbolchining shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolgani uchun uning transfer summasini pasaytirishini kutmoqda. Demak, Mourino vakillari mavsum tugaganidan keyin Asensio transferi bo‘yicha “Real” bilan jiddiy muzokaraga kirishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!