
Shomurodov Turin safari oldidan mashg‘ulotga kirishdi (foto)
Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Jenoa" klubi Italiya A Seriyasi 22-turidan o‘rin olgan uchrashuvni mehmonda o‘tkazadi. "Torino" maydoniga safar qiladigan genuyaliklar ushbu bahs uchun tayyorgarlik jarayonini boshlab yuborgan.
Quvonarlisi, jarohat tufayli o‘tgan turdan o‘rin olgan "Napoli"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgan Eldor Shomurodov navbatdagi bellashuv uchun mashg‘ulotlarga kirishdi. "Grifonlar" matbuot xizmati klub rasmiy sahifasiga bir necha suratlarni yukladi.
Fikrlar