Shomurodov uni "Shtutgart"ga qo‘yib yubormagan "Rostov"dan nega ranjimagan?

  • 14 oktabr, 2020, 09:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sports.ru saytida “Rostov”dan “Jenoa”ga ko‘chib o‘tgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov haqida maqola e’lon qilindi. Biz esa ushbu maqolaning eng qiziqarli joylarini siz aziz muxlislar e’tiboriga havola etishga qaror qildik.

Tecno

Eldorning agenti Qahhor Mo‘minov aytgan so‘zlarga ko‘ra, 2019 yilda “Shtutgart” Shomurodov uchun 8 mln evro taklif qilgan. Ammo “Rostov” bu taklifni rad etgan.

“Biz 2019 yil yozini va 2020 yil qishini “Rostov”ga berdik, chunki ular bir paytlar RPLning boshqa klublari Eldorni rad etganda unga ishonch bildirgan. Biz “Rostov”dan Evropaga ko‘chish istagimizni hech qachon yashirmaganmiz, ammo buni o‘z vaqtida bajarish kerak edi”, - dedi agent.

Qahhor Mo‘minovning so‘zlariga ko‘ra, Shomurodovga 2019 yilning avgustida TsSKAdan ham taklif bo‘lgan. Ammo ular Eldorni Evropada o‘ynash maqsadi borligi tufayli bu taklifga rad javobini bergan.

“Rossiyaning kuchliroq klubiga o‘tish, bu erda 2-3 yilni sarflashni anglatadi. 28 yoshda esa Evropadan munosib takliflar bo‘lmasligi mumkin. Osiyo ham yaxshi variant emas, u erga istalgan paytda ketish mumkin. Agar biz hozir bosh maqsadimizdan voz kechsak, keyin barchamiz bundan afsuslanamiz”, - deb o‘sha paytlarni xotirlaydi Qahhor Mo‘minov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!