Shomurodov va O‘runovni Rossiyada bir jamoada ko‘rishimiz mumkin edi...

  • 15 iyul, 2020, 12:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasida to‘p surayotgan hamyurtlarimiz – Eldor Shomurodov va Oston O‘runov ishonchli o‘yinlari bilan xorijiy mutaxassislarni o‘zbek futboliga e’tibor qaratishga majbur qilmoqda.

Tecno

“Rostov” hujumchisi Eldor Shomurodov premer-liganing birinchi davrasida o‘zini ko‘rsatgan bo‘lsa, bu yog‘iga Oston O‘runov bor mahoratini namoyish etmoqda.

Shu o‘rinda, har ikki futbolchimiz bir jamoa safida o‘ynashi mumkin edi. Ma’lum bo‘lishicha, qishki transferlar vaqtida “Rostov”ga Oston O‘runovni 200 ming evro evaziga olishni taklif qilishgan. Lekin rostovliklar bunga ko‘nmaganidan keyin, futbolchimiz “Ufa”ga yo‘l olgan ekan.

Mana endi Oston “Rostov”dan ancha kuchli bo‘lgan “Lokomotiv”, “Zenit”, “Krasnodar” jamoalaridan jiddiy takliflarni olmoqda. Hatto yangilanayotgan “Spartak” ham O‘runovga ko‘z tikmoqda. “Rostov” esa mahoratli ijrochilarga o‘tkir ehtiyoj sezmoqda.

poluzashchitnik_ufy_urunov_hochu_pereyti_v_manchester_yunayted_yuventus_ili_real_image_5ef613356acbe9.57173516

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rustam Raxmatullaev
15/07/2020 13:27
Kallani ishlat Oston soqqani qil davringda.⚽⚽⚽