Shomurodov va Sobolev 4 o‘yindan beri gol kirita olmayapti

  • 9 noyabr, 2019, 23:48
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

"Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov va "Krilya Sovetov" forvardi Aleksandr Sobolevlar Rossiya Premer-ligasi 16-turida gol kirita olishmadi.

Tecno

Qizig‘i, har ikkala futbolchi qatorasiga 4 bahsdan buyon raqib darvozasini ishg‘ol eta bilmayapti. "Krilya Sovetov" a’zosi "Spartak" (0:2), "Rubin" (0:0), "Zenit" (0:2) hamda "Orenburg" (1:0)ga qarshi uchrashuvlarda hech narsa qila olmagan bo‘lsa, hamyurtimiz "Tambov" (1:2), "Krasnodar" (2:2), "Sochi" (2:0) va "Zenit"ga (1:6) qarshi kechgan bellashuvlarda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ya olmadi.

Shunday bo‘lsada, ikkovlon RPL to‘purarlar jadvalida 10 tadan gol kiritgan holda peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
12/11/2019 11:10
Шомуродов эртарок юлдузлик касалига учрадими дейман
&
Сурхон К
10/11/2019 06:22
Элдор чарчаган дам олиб уйнаш кк
&
BBS UZB
10/11/2019 05:51
Ichki muhitda muammo borga o'xshaydi..., Eldor agenting bilan gaplashgin
&
Shoxrux MTJ
10/11/2019 00:30
Shomurodov 1-davrada yaxshi va kop xarakat qilayotgan edi nima boldi unga xayronman