
Shomurodov va Yaxshiboev OFK so‘rovnomasida ishtirok etmoqda!
Osiyo Futbol konfederatsiyasi har galgidek qit’aning haftadagi eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazmoqda. Biz uchun quvonarlisi, bu safar ushbu jarayonda ikki nafar futbolchimiz ishtirok etmoqda.
"Roma" vakili Shomurodov hamda yaqindagina "Sherif" safiga borib qo‘shilgan Jasurbek Yaxshiboev Osiyoda haftaning eng yaxshi futbolchisi, degan nom uchun kurashadi.
"Eldor Shomurodov ("Roma", O‘zbekiston)
"Sassuolo"ga qarshi o‘yinda 23 daqiqa, 1 golli uzatma va 80% aniq pas.
O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi zaxiradan maydonga tushib, Mourinoga faoliyatidagi 1000-g‘alabasini keltirgan g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shdi. Va bu orqali "Roma"ning turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi.
Jasur Yaxshiboev ("Sherif", O‘zbekiston)
"Petrokub"ga qarshi o‘yinda 48 daqiqa, 1 gol va 1 assist.
"Sherif"dagi debyutidayoq urgan goli va amalga oshirgan assisti Jasur Yaxshiboevga yaqin kunlardagi UEFA Chempionlar ligasida ishtirok etishiga yordam berishi mumkin",-deya izoh qoldirdi qit’a miqyosidagi birinchi manba.
Quyidagi havola orqali so‘rovnomada ishtirok etib, hamyurtlarimizni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin:
Fikrlar