
Shomurodov zaxiradan maydonga tushgan o‘yinda "Jenao" safarda "Inter"ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi (video)
Italiya A Seriyasining 24-turida “Inter” o‘z maydonida “Jenoa”ga qarshi bahs olib bordi.
“San Siro”dagi bellashuv 3:0 hisobida “neradzurrilar”ning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. “Inter”ga g‘alaba keltirgan gollarga Romelu Lukaku (1'), Matteo Darmian (69') va Aleksis Sanches (79') mualliflik qildi. Shu kuni “Jenoa” safidagi hamyurtimiz Eldor Shomurodov 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar