Shomurodov – eng qimmat futbolchi!

  • 2 fevral, 2021, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Transferlarga ixtisoslashgan  www.transfermarkt.de  sayti Markaziy Osiyo mamlakatlarining eng qimmat futbolchilarini aniqladi.

Tecno

Mazkur sayt transfer summasini 6,5 million evroga baholagan “Jenoa”ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov mintaqaning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi. Amalda esa, uning “Rostov”dan “Jenoa”ga o‘tishi uchun genuyaliklar turli bonuslar bilan birga 9 million evro atrofida mablag‘ sarflagan.

Qozog‘iston milliy terma jamoasi va Moskvaning TsSKA klubi yarim himoyachisi Baxtiyor Zaynutdinovning transfer summasi 3,5 million evroni tashkil qilmoqda. Asli millati o‘zbek bo‘lgan bu futbolchi o‘z vaqtida Eldor Shomurodov bilan birga rostovliklar sharafini himoya qilgan.   

Rossiya Milliy futbol ligasi vakili “Enisey” jamoasi himoyachisi Valeriy Kichin Qirg‘izistonning eng qimmat o‘yinchisi hisoblanadi va sayt mutaxassislari uning transferini 800 ming evroga  baholagan. Bolgariyaning “Lokomotiv” klubi va Tojikiston terma jamoasi o‘yinchisi Parvizjon Umarboev transferining summasi 600 mingni tashkil qilmoqda.

868546cfa9cfb91a6afdbad92f1ffa0c

Shuningdek, Bahraynning “Al-Muharraq”ning turkmanistonlik legioneri Ruslan Mingazov va Polshaning “Lexiya”sida o‘ynayotgan afg‘onistonlik Omran Haydariy 500 ming evro bilan o‘z mamlakatining eng qimmatbaho futbolchisi bo‘lib turibdi.

“Jenoa” va Shomurodov muxlislari o‘qisin!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+998902610401
02/02/2021 11:27
Остон Ўруновчи Элдордан кейин Остон бўлиши керак