Shomurodovni tunggi soat 12 da "Rostov" ofisiga nega olib kelishgan edi?

  • 13 oktabr, 2020, 22:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Sports.ru saytida “Rostov”dan “Jenoa”ga ko‘chib o‘tgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov haqida maqola e’lon qilindi. Biz esa ushbu maqolaning eng qiziqarli joylarini muxlislar e’tiboriga havola etishga qaror qildik.

1 oktyabr kuni “Jenoa” Shomurodovning transferini e’lon qildi. Tomonlar bunga erishish uchun bir haftadan kamroq muddat muzokaralar o‘tkazdi. A Seriya klubi “Rostov”ga 25 sentyabr kuni taklif yuborgan, ammo rostovliklar buni rad etgan. Shundan so‘ng, Eldor klub sport direktori Aleksey Riskin va prezident Artashes Arutyunyants bilan shaxsan gaplashgan. 28 sentyabr kuni esa, “Rostov” uni qo‘yib yuborishga rozilik bildirgan.

Keyingi ikki kun davomida klublar shartnoma bandlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan. SILA International Lawyers yuridik kompaniyasi hamkori Mixail Prokopets ushbu muzokaralar jarayoni haqida gapirib berdi.

“Biz hamma narsani chorshanba kuni yakunlamoqchi edik - hattoki Shomurodovdan “Rostov”ning ofisida bo‘lishini va klublar hamma narsada kelishishi bilan darhol hujjatlarni imzolashni iltimos qildik.

Bir payt hammasi kelishildi, ammo o‘sha payt Shomurodov yo‘q edi - u uxlashga ketgan edi. U va "Rostov" rahbariyati bu transfer tungi soat 12 da amalga oshishiga ishonmagan. Natijada, uni tom ma’noda yotoqdan sudrab kelishdi, u ofisga qaytib keldi va hamma narsaga imzo chekdi”, - dedi Prokopets.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Anvarboss
14/10/2020 08:53
ФАРКИ ЙУК ЭНДИ У ИТАЛИИЯДА
Мардонвич Марат
14/10/2020 05:53
Судраб кетибти ????????
Kind Prince
13/10/2020 22:29
тузуро нарса ёзларин фаросат борми. Тинчлими диб хавотирланибман. Борган сари рейтингила тушиб кетвоти силани