
Shomurodovning agenti "Shtutgart" va TsSKA haqidagi xabarlarga: Yaxshi taklif tushsa, u albatta ketadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda “Rostov” klubi forvardi Eldor Shomurodovning agenti Qahhor Mo‘minovning so‘zlariga ko‘ra premer-liga to‘purariga kamida 2 ta klubdan qiziqishlar bor.
“Shtutgart” uning uchun 10 mln evro taklif qildi. TsSKA ham deyarli xuddi shunday taklif bilan chiqdi. Agar yozda kuchli ligalardan biridan yaxshi taklif kelib tushsa, biz ushbu transferni amalga oshirishlarini talab qilamiz, chunki biz yozda Shomurodov “Rostov” bilan shartnomasini uzaytirayotganida aynan mana shu borada kelishib olganmiz”, - deydi agent.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov ayni damda RPLning o‘tgan 12 ta turidan so‘ng “Krilya Sovetov” forvardi Aleksandr Sobolyov bilan bir hilda – 10 ta gol urib to‘purarlik poygasida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar