Shomurodovning goli "Jenoa"ni mag‘lubiyatdan qutqarishga etmadi
Italiya A Seriyasi 16-turidan o‘rin olgan "Sassuolo" - "Jenoa" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi.
Ikkinchi taym avvalida Boga hisobni ochdi. Biroz o‘tib, Eldor Shomurodov boshi bilan urilgan gol orqali muvozanatni tikladi. Bahs yakuni arafasida Raspadori hal qiluvchi golni kiritib, jamoasiga g‘alaba taqdim etdi.
Ushbu o‘yindagi 3 ochko orqali "Sassuolo" onlayn jadvalda 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Jenoa" esa 19-pog‘onada qoladigan bo‘ldi.

Fikrlar