Shomurodovning jamoasi yangi mavsumda Adidas liboslarida to‘p suradigan bo‘ldi

  • 14.06.2019 08:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Adidas kompaniyasi yana "Rostov" klubining texnik hamkoriga aylandi. Biroq, hozircha kelishuvning boshqa tomonlari oshkor etilmayapti.

Ta’kidlash kerakki, rostovliklar ushbu nemis kompaniyasi bilan 2016/17 va 2017/18 yilgi mavsumda ham hamkorlik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p suradigan “Rostov” ortda qolgan mavsumda Joma kompaniyasi bilan hamkorlik qilgan edi.

Ma’lumot uchun, “Rostov” o‘tgan mavsum RPLda 9-o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!