Shomurodovning jamoasiga Gollandiya terma jamoasi futbolchisi kelmoqda

  • 9 yanvar, 2021, 19:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gollandiyalik yarim himoyachi Kevin Strotman “Marsel”ni tark etib, A Seriyaga qaytishi mumkin.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 30 yoshli tajribali futbolchining xizmatlariga “Jenoa”da qiziqish paydo bo‘lgan. Strotman 11 yanvar kuni Eldor Shomurodov to‘p surayotgan jamoa safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shartnoma imzolaydi.

Kevin Strotman joriy mavsum Frantsiya chempionatida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta sariq kartochka oldi.

Strotman uchun A Seriya begona emas. U "Marsel"ga o‘tishdan oldin "Roma" sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!