
Shomurodovning “Roma”dagi faoliyati nima bo‘ladi?
Italiya futbolini yoritayotgan manbalar “Roma” hujum chizig‘idagi vaziyatni tahlil qilmoqda. Xususan, o‘tgan yoz “Jirona”dan katta summaga transfer qilingan Ispaniya chempionati to‘purari Artyom Dovbik rimliklarga samara keltirib, oxirgi uchrashuvlarda muntazam gol urmoqda.
Biroq zamonaviy futbolda bir o‘yinda har doim barcha o‘yinlarda ishtirok eta olmaydi. “Roma”da ukrainalik futbolchidan tashqari faqatgina bitta markaziy hujumchi – Eldor Shomurodov bor.
29 yoshli o‘zbek legioneriga yangi bosh murabbiy Ivan Yurich ham etarli darajada o‘yin amaliyoti berayotgani yo‘q. Shomurodov avvalgidek faqat so‘nggi daqiqalarda maydonga tushirilyapti. Besh-o‘n daqiqa nafaqat o‘zini ko‘rsatish, balki o‘yinga kirishib ketish uchun ham etmay qolyapti.
“Roma” qishki transferlar vaqtida bir necha o‘zgarishlarni amalga oshirmoqchi. Ulardan biri Eldor Shomurodov o‘rniga Artyom Dovbikka o‘rinbosar olib kelish. Rimliklarning mo‘ljali avval “Udineze”da to‘purarlik mahoratini namoyish qilib, “Everton”ga o‘tganidan keyin zaxiraga mixlanib qolgan portugaliyalik Betoni transfer qilishdan iborat.
Ayni paytda ikki manba “Roma”ga “Shomurodov ma’qulmi yoki Betoni transfer qilish kerakmi?”, degan mavzuda mulohaza yurityapti.
Sports.uz portali har ikki sanba pozitsiyasini o‘zbekistonlik muxlislar e’tiboriga havola qiladi.
“Roma” Ispaniya chempinonati to‘purari Artyom Dovbikni “Jirona”dan olish uchun ancha mehnat qilishiga to‘g‘ri keldi. Rimliklar ukrainalik hujumchi uchun kurashda bir necha klublar, xususan, Dovbikni Ispaniyada olib qolishga uringan “Atletiko Madrid” bilan jiddiy raqobatga kirishdi.
Artyom Dovbik “Roma”da to‘purarlik mahoratini namoyish qila boshlaganidan keyin Rim klubi mutasaddilari endi Eldor Shomurodovni to‘liq transfer qilish yoki ijaraga berib yuborishni rejalashtiryapti.
Bu yo‘l orqali klub o‘zbek hujumchisining muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishiga yordam bermoqchi. Ular Artyom Dovbikka o‘rinbosar sifatida “Everton”dagi portugaliyalik hujumchi Batoni olib kelish payida. Ilgari “Udineze”da o‘ynab, tajriba to‘plagan bu o‘yinchi Angliya jamoasida asosan zaxirada qolib ketmoqda.
Mavsumning boshidayoq Eldor Shomurodov nihoyat “Roma”ga munosib o‘yinchi bo‘libdi, degan fikr uyg‘ongan edi. Lekin oxirgi xabarlarga qaraganda, klub uning o‘rniga boshqa markaziy hujumchi qidirayotgan ekan.
“Jenoa”da sakkizta gol urganidan keyin 2021 yili 20 million evro atrofidagi mablag‘ evaziga “Roma”ga olib kelingan Shomurodovga katta umid bog‘langandi. Lekin vaqt o‘tishi bilan o‘zbek futbolchisi zaxira o‘yinchisiga aylanib qoldi. “Spetsiya” va “Kalyari”dagi ijara muddatlari ham etarli saramara bermadi.
Yangi mavsum boshida Eldor Shomurodov “Empoli”ga qarshi uchrashuvda o‘ziga berilgan bir necha daqiqa ichida gol urdi. Shu gol tufayli “Roma”da olib qolingan o‘zbek futbolchisi zaxiraga mixlandi va 25 avgustdan beri barcha musobaqalarda jami 108 daqiqa harakat qildi xolos.
Endi “Roma” mutasaddilari 2021-2023 yillarda “Udineze”da o‘ynab, A Seriyada 21 ta gol urgan Betoni olib kelmoqchi. Portugaliyalik hujumchi 25 million evro evaziga 2023 yilning avgustida “Everton”ga ko‘chib o‘tdi. Hozirga qadar 43 ta bellashuvda oltita gol urdi.
Bizningcha, “Roma” yana bir samaradorligi past hujumchi olishiga ehtiyoj yo‘q. Chunki Eldor Shomurodovning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etadi. Qolaversa, Betoning shartnomasi yana uch yil davom etadi va maoshi ham har mavsum uchun ikki million evrodan oshadi. Bu holatda Eldor Shomurodovdan foydalanish yaxshi echim bo‘lib qolmoqda.
Hurmatli muxlislar, siz nima deb o‘ylaysiz, Eldor Shomurodov “Roma”da qolgani ma’qulmi yoki boshqa jamoaga o‘tishi kerakmi?
Fikrlaringizni izohda qoldiring...
Fikrlar