"Sho‘rtan" Superligaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda

  • 26 dekabr, 2024, 18:35
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, “Sho‘rtan” 2024 yilgi futbol mavsumida o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani bajardi va klub keyingi mavsumda Superligada ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi. Elitadan joy olgan jamoalar hozirgi vaqtga kelib keyingi mavsum uchun tayyorgarlikni boshlab yuborishgan. Bu haqda "Sho‘rtan" matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Barcha jamoalar singari “Sho‘rtan” ham keyin mavsum uchun tayyorgarlikni boshlab yubordi. Hozirgi vaqtda jamoa rahbariyati selektsiya ishlarini olib borishmoqda va jamoani kuchaytirish uchun tajribali futbolchilar bilan muzokara olib borilmoqda.

O‘zPFL Superliga ishtirokchilariga yuqori talablarni qo‘yadi va bu talablarni barcha birdek bajarishi lozim. “Sho‘rtan” futbol klubi liga qo‘ygan talablarni bajargunga qadar uy uchrashuvlarini Qarshidagi “Markaziy” stadionda o‘tkazishga kelishib oldi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!