“Sho‘rtan” yoshlari tayyorgarlikni davom ettirishmoqda

  • 25 iyul, 2017, 16:25
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Asror Aliqulov boshchiligida birinchi davrani yaxshi natijalar va ko‘rsatkichlar bilan yakunlagan “Sho‘rtan” yoshlari ham bo‘lajak o‘yinlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Jumladan, bugun, ya’ni 24 iyul kuni,o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari rejasidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazgan yoshlarimiz Muborakda o‘z tengqurlariga qarshi maydonga tushdilar. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, o‘yin 0:3 hisobida mag‘lubiyat bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi gollarni Humoyun Murtozaev 50 va 65-daqiqalarda hamda Kenja To‘raev 72-daqiqalarda kiritdilar. Yosh “oq bo‘rilar” quyidagi tarkibda harakat qilishdi.

“Sho‘rtan”: A.Rahmimov, M.Sattorov, N.Padarov, Sh.Jo‘raev, A.Baxromov, Sh.Temirov, O.Bozorov, Sh.Sagdullaev, T.Komiljonov, I.Boysariev, I.Shodmonov.

Zahira: O.Erkinov, N.Yo‘ldoshev, Sh.Eshmurodov, A.Murodullaev, Sh.Norpo‘latov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!