Shota Arveladze: Abramov to‘p nazoratini yaxshi ko‘radi

CHERY AUTO

"Uzoq tanaffusdan so‘ng yana avvalgi holatga qaytish uchun ishlashga to‘g‘ri keladi. Raqibni ham ta’kidlab o‘tishni istardim. Ular bilan doim o‘yinlar qiziq kechadi. Stadionga kelgan muxlislar ham iliq muhit hosil qilishdi.

Tecno

Raqib o‘yinlarini kuzatdik. Chempionatda bir bahs o‘tkazishdi. Murabbiy to‘pni nazorat qiladigan o‘yinni xush ko‘radi. Bu jihatlarni bilardik. Biz ikkinchi bo‘limda yaxshiroq harakat qildik va g‘alaba to‘pini kiritdik. Birinchi bo‘limda juda yaxshi o‘ynay olmadik. Aynan shu o‘yinga moslashib tayyorlangandik. Almashtirishlar ham faqat shu uchrashuv rejasi asosida yuzaga keldi.

Biz havodan unchalik ko‘p o‘ynamaymiz, ko‘proq erdan o‘ynashga intilamiz. Birinchi gol shunday holatda ro‘y berdi. Havoda esa Bikmaev, Cheran va Sergeev o‘ynay oladi. Ammo biz erdan uzatmalarni amalga oshiramiz. Golda kimdir xato qiladi. Biz ham burchak zarbasidan so‘ng gol o‘tkazdik.

Simich terma jamoadan kichik jarohat bilan qaytdi. A’zamov og‘riq his qilayotgani sababli uni zaxirada qoldirdik. Ular "Nasaf" bilan o‘yinga tayyor holatda bo‘lishadi", - dedi gruziyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!