Shota Arveladze: Chempionlik biz uchun boshlang‘ich nuqtaga aylanishi lozim

"Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze Superliga 20-turi doirasida  "Metallurg" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, "sherlar" bugungi g‘alaba natijasida muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritishdi.

"Chempionlikka erishganimizdan juda xursandmiz. Bu bizga ko‘proq ishtiyoq berishi kerak. Hali kubok bahslarida g‘alaba qozonishga intilishimiz kerak. Muvaffaqiyatda klubda mehnat qilayotgan barchaning, muxlislarimizning katta hissasi bor.

Ikki yil davomida katta hajmda ishlar bajarildi. Bu biz uchun boshlang‘ich nuqtaga aylanishi lozim. Hali mehnat qilishda davom etamiz. O‘zaro tushunishni yaxshi darajaga olib chiqdik", - deb gruziyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
22/09/2019 00:33
Yahshi buldi pahtakor Nasafka uyindan oldin chempion bulgani. endi bor etiborini Kubik uyinga qaratadi Va Nasaf bilan bor imkoniyati ishka solib. uynaydi Nasafka esa bu foyda kelteradi. Nasaf qancha raqiblari kuchli uynasa Nasaf ham shuncha shakllanib. kuchayib boraveradi. Nasaf hudov hohlasa. Kubik uyiniga muhlislari uchun ham uynap beradi.
Ramazonov Murod
21/09/2019 22:40
Охирги урин хам хайф пахтакорга халики чемпионлик