Shota Arveladze: O‘zbekiston terma jamoasiga omad tilayman

CHERY AUTO

"Avvalambor bundan bir necha kun oldin avtohalokatda vafot etgan muxlislarnining yaqinlariga o‘z hamdardligimni bildiraman. O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, ilk turdanoq amaldagi chempionga qarshi o‘ynadik. 

Tecno

Uchrashuv tengkurashlar ostida boshlandi. Har ikki jamoa ham raqibni o‘rgangan holda biroz ehtiyotkorlik bilan harakat qildi.  Ikkinchi bo‘limda tezlikni va hujumkorlikni oshirdik va muhim g‘alabaga erishdik. Bugungi muvaffaqiyat bilan muxlislarni va futbolchilarimni tabriklayman.

Oldinda terma jamoalarning o‘yinlari bois yuzaga keladigan tanaffus bor. Nima ham qila olardik, bu bizga bog‘liq narsa emas. O‘zbekiston terma jamoasiga bo‘lajak o‘yinlarida omad tilayman. 13 futbolchi terma jamoalarga ketadi va bizga qiyin bo‘ladi. Umid qilamanki, terma jamoaning oldinda kutib turgan o‘yinlarda muvaffaqiyatga erishadi. 

Marat, Igor, Dragan - ularning barchasi yuqori saviyadagi futbolchilar. Ular o‘z pozitsiyalarining etakchi futbolchilaridir", - dedi gruziyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!