Shota Arveladze: "Surxon" futbolchilari yotib olib, vaqtni cho‘zaverishdi
"Qiyin o‘yin bo‘ldi. Muxlislar stadionni to‘ldirishgani yoqimli bo‘ldi. Yomon harakat qilmadik, vaziyatlar yaratdik. Mezbonlarda ham imkoniyat bo‘ldi. Bu maydonda sal tezroq o‘ynashimiz kerak edi.
Masharipov barcha o‘yinlarda maydonga tushgani sababli ikkinchi bo‘limda unga dam berdik. Ozroq charchab qolgandi.
Komilov yuqori saviyaga kirib olishi uchun biroz o‘yinlar kerak. Bugun yaxshi harakat qilishga intildi.
Mezbonlar juda ko‘p holatlarda yotib olaverishdi, vaqtni cho‘zishdi. O‘yin boshlanishidan ozgina o‘tiboq bu ishga qo‘l urishdi. Natijadan qoniqmadim. 12-14 martacha ular yotib olishdi. Biz o‘yin bo‘yicha ikki ochko yo‘qotdik deb hisoblayman", - deb gruziyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Paxtakor" matbuot xizmati.



Fikrlar