Shota Arveladze: Tanaffusdan so‘ng formaga kirib olish doimo qiyin bo‘lgan

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Pauzadan so‘ng boshlash doimo qiyin bo‘lgan. Bugun juda ham ko‘p asabiylashdim. Birinchi bo‘limda chiroyli gol kiritdik. Ikkinchi bo‘limda ham yaxshi o‘ynadik. Har bir o‘yindan so‘ng xatolarni izlab, ular ustida ish olib boramiz. Ammo bugun biz g‘alabaga haqli edik. Bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman.

Ikkinchi o‘rindagi jamoa bilan oradagi farq 11 ochkoga etdi? Futbol xatolarni kechirmaydi. Har bir raqibni hurmat qilish lozim. 

Superliganing saviyasi o‘zgarmagan. O‘tgan mavsum ham shunday kuchli edi. Shunchaki ba’zi bir jamoalarning maqsadlari o‘zgargan. "Bunyodkor" va "Nasaf" kabi ajoyib o‘yin namoyish etadigan jamoalarni e’tirof etgan bo‘lar edim. "Navbahor", "So‘g‘diyona" va AGMK singari osonlikcha taslim bo‘lmaydigan klublar ham bor. 

Motivatsiya? Klub nomi, uning buyuk tarixining o‘zi bizga katta motivatsiya beradi. Taktik tomondan bir qator uslublarni qo‘llab ko‘rish imkoniyati mavjud", - dedi gruziyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!