Shu odam ketsa, Azar “Real”da qoladi

  • 8 mart, 2023, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”da ishlari yurishmay qolgan Eden Azar jamoadan ketishga majbur bo‘layotgan edi. Biroq, vaziyat o‘zgarishi mumkin.

Tecno

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, klub rahbariyati bosh murabbiy Karlo Anchelottini iste’foga chiqaradigan bo‘lgan belgiyalik hujumkor futbolchi Madridda qoladi.

Azar Anchelotti o‘rniga keladigan har qanday murabbiy o‘ziga etarli darajada imkon berishiga ishonmoqda.

Shunga qaramay, klub rahbariyati yozda Azarni transfer qilish fikridan qaytgani yo‘q. Jden “Real” tarixidagi eng qimmat futbolchi hisoblanadi. “Qirollik klubi”ni 2019 yili “Chelsi”dan 115 million evroga transfer qilgan.

Angliya Premer-ligasining eng zo‘r hujumkor futbolchilaridan bo‘lgan Azar madridliklar safida atigi ettita to‘p kiritgan xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!