Shubhali qaror bormidi? "Olimpik" - "Paxtakor" o‘yinidagi ayrim vaziyatlar o‘rganib chiqildi

  • 16.03.2022 23:18
  • Karim Xudayqulov
  • 8
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliga 3-turidan o‘rin olgan “Olimpik” — “Paxtakor” (1:1) uchrashuvidagi ayrim vaziyatlar O‘FA hakamlar bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Xususan, o‘yinning 12-daqiqasida “Paxtakor” a’zosi Ikrom Aliboev raqibning oyog‘iga butsaning tag qismi bilan o‘ta qo‘pol zarba berdi. Uchrashuv bosh hakami avval sariq kartochka ko‘rsatdi, so‘ng VAR uni monitorga taklif qilgach, qarorini qizil kartochkaga almashtirdi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, qizil kartochka to‘g‘ri berildi.

57-daqiqada “Paxtakor” futbolchisi raqibidan ilgarilab ketayotganda himoyachi uni qo‘li bilan to‘xtatdi. Hakam jarima to‘pi va himoyachiga sariq kartochka ko‘rsatdi. Ammo VAR vaziyatni ko‘rgach, sariq kartochka qizilga o‘zgartirildi.

Ushbu vaziyatda Hakamlar bo‘limi quyidagi kriteriylarga to‘xtalib o‘tdi:

Himoyachi qo‘pollik ishlatmaganida hujumchi darvozabon bilan yaqqol birga bir chiqish imkoniyatiga ega edi;

Hujumchiga nisbatan qo‘pollik ishlatilgan vaqtda uning to‘p bilan masofasi juda yaqin edi;

qo‘pollik ishlatilgan vaziyatda darvozabon ham o‘z joyida qolgan edi. Agarda darvozabon o‘rnini tark etib, tezlik bilan to‘pga ega chiqqanda vaziyatga boshqacha baho berish mumkin bo‘lar edi. Shulardan kelib chiqib, mutaxassislar ko‘rsatilgan qizil kartochkani to‘g‘ri deb baholadilar.

Bundan tashqari, 69-daqiqada “Olimpik” futbolchisi raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi. Bosh hakam o‘yinni davom ettirishni ko‘rsatdi. VAR hakamlari takroriy lavhalarni sinchiklab ko‘rib, penalti belgilash uchun yaqqol asos yo‘q ekanligiga ishonch hosil qilishdi. Mutaxassislar bosh hakam chiqargan qaror to‘g‘ri ekanligini tasdiqlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кахрамонжон Сафаров
17/03/2022 19:23
Пахтакор ва Черанга судьялар тазим ила куллук килишади , Пахтакор гиромликни узимизда килади бу шерлар Осиё уйинларига борганида мулойим мушук булиб колишади
Гайибов Тохир
17/03/2022 10:58
Турғунбоев тўпни ўзидан узоқлаштирворди, етиб бориши мумкин эмас эди, шунинг учун йиқилб олди.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
17/03/2022 05:51
Sudiyalarga gap yuqda har qanaqasiga ham uzlariniki tugurlap quyishadi. agar huddi shunday faziyatka boshqa vaqt bulsin. ulib ketasan qayta qayta aytib lekin berontasi. javob bermaydi. eng kulgulisi. har yil cheroyli cheroyli sahna kurinish buladi. bosdi bosdi bulib ketadi. bulmasa. oddiy misol. poliya talabka javob bermasa netral poliyaga uyin buladi dedi. yilni boshiga ayrim kamandala netral poliyaga uynadi. yilni ohiriga kelib. Nasaf shudgor maydonlarga uyin utkazdi. lekin beron. PFL mutahasisi chiqib tushunterib bermadi. uyinchila bilan gaplashsan. uyindan keyin. 1oy uziga kelib olmagani aytadi. daji shunchalik buldiki. OFK fenaliga. Nasaf uyinchilari ogriq bilan bordi. lekin dardi ichiga. aytsa. MTJ umidini uzadi. aytmasa ogriq qiynaydi. shu PFL dakila uzi. oila bola chaqasi bormikan. yoki kuchaga qanday yurarkan. aytkanim. odamlani kuziga qanday qararkan.
Sherzod Valihojayv
17/03/2022 11:01
Pahtakori òyinga nasafi nima dahli bor dardin bòsa orqadan gapirmiy shartta gapir hotinlaga òhshab chaynaamasdan
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
17/03/2022 12:00
Nima deyapsan. qanaqa Pahtakor.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
17/03/2022 12:02
Shunchalik saviyang pasmi. nimala deyapsan. man sanga. PFL qarori aytapman. san uzi yahshilap uqidingmi. sanlaga javob bergan uzi ahmoq.
&
Холмурод
17/03/2022 05:12
Ха хамаси тугри пахтакаорга кеганда бошка иложийам йугда нимаям киларди пахтакор духини олганку хаммасини ман тушнмайман пахта фудболчилари нега хакамларг тожовиз утказсаям индамай куйади а бошка кулиб фудболчилари шундай килса бирдан картишка курсатиб колади
Шухрат Жураев
17/03/2022 07:35
Энди варгаям четдан хакам куйиш керак шекилли