
Shukurali Po‘latov: "Qizilqum" ikkinchi davraga tayyor
Bugun Oliy ligada ikkinchi davraning ilk turi o‘yinlari davom ettiriladi. Navoiyda "Qizilqum" jamoasi "Paxtakor"ni qabul qiladi. Ushbu o‘yin oldidan "Qizilqum" matbuot xizmati jamoa himoyachisi Shukurali Po‘latovning fikrlari bilan qiziqdi.
"Ikkinchi davra bellashuvlariga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik, deb o‘ylayman. Toshkentdagi yig‘inda asosiy e’tibor o‘rtoqlik o‘yinlariga qaratildi. Jamoaning o‘yin amaliyoti kuchaytirildi. Jamoamiz ikkinchi davraga tayyor. Bugun o‘z maydonimizda jiddiy raqib – “Paxtakor”ni qabul qilamiz. Muxlislarimiz uchrashuvga kelib, stadionni to‘ldirib, bizni qo‘llab-quvvatlab turishsa, ularni xursand qilish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz.
Birinchi davrada ko‘p o‘yinlarda, ayniqsa o‘z maydonimizda keraksiz joyda ochko yo‘qotdik. Nasib etsa, mavsumning ikkinchi yarmida chiroyli o‘yin namoyish etib, kerakli ochkolarni jamg‘aramiz", - deb aytib o‘tdi Po‘latov
Fikrlar