
Shunchaki dahshat! PSJ Mbappening narxni aytdi
The Telegraph nashri jurnalistlari jahon chempionati qahramonlaridan biri Kilian Mbappening narxini aniqlash maqsadida PSJ mutasaddilari bilan suhbatlashdi. Suhbatdosh klub ichidagi ma’lumotni berar ekan, nomi sir saqlanishini talab qildi.
- Agar odamlar Mbappening qadrini to‘g‘ri baholay olsa, klubimiz uchun naqadar muhim o‘yinchi ekanini tushinib etishadi.
Mbappening narxi 300-350 million evroga teng. “Real” Kilian uchun bizdan ko‘ra ko‘proq mablag‘ va’da qilgan edi. Lekin hujumchi PSJ foydasiga qaror chiqardi. Bu ko‘p narsadan dalolat beradi.
Kilian PSJda qolishni tanladi, bunda pul hech qanday ahamiyatga ega emas, - dedi manba.
Fikrlar