Shunqor musobaqani g‘alaba bilan boshladi

  • 19 aprel, 2019, 15:00
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabar berganimizdek bugun Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi. Quvonarlisi, musobaqa terma jamoamiz uchun omadli boshlandi.

Tecno

Hamyurtlarimiz orasida birinchi bo‘lib -64 kg vazn toifasida Shunqor Abdurasulov ringga ko‘tarildi. Iroqlik Qadim Al-Ezirejga qarshi jang olib borgan yurtdoshimiz qiyinchiliksiz ikkinchi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Abdurasulovning keyingi bosqichdagi raqibi pokistonlik A.Ma’sud bo‘ladi.

Birozdan so‘ng hamyurtlarimizdan Osiyo o‘yinlari chempioni Bobo-Usmon Boturov (-69 kg) hamda Yodgoroy Mirzaeva (-57 kg) ham ringga chiqishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!