
Shvaynshtayger Superliga haqida: Bu juda achinarli
Germaniya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger yangi tashkil etilgan Evropa Superligasi haqida gapirdi.
“Agar Superliga amalga oshirilsa, u biz ko‘rishga odatlangan shakldagi futbol va milliy chempionatlarni yo‘q qiladi. Bu juda achinarli”, - dedi Shvaynshtayger.
Bastian Shvaynshtayger faoliyati davomida “Bavariya” va “Manchester Yunayted” kabi grand klublarda o‘ynagan. U faoliyatini 2019 yilda yakunlagan edi.
Hozircha PSJ, “Borussiya” Dortmund va “Bavariya” ushbu turnirda ishtirok etishdan bosh tortmoqda. Peres esa Superliga ularsiz ham o‘tkazilishini tasdiqladi.
Fikrlar