Shvetsiyada yil futbolchisi aniqlandi

Shvetsiyada 2019 yilning eng yaxshi futbolchisi nomini aniqlashdi.

"Manchester Yunayted" va Shvetsiya terma jamoasi a’zosi Viktor Lindelef mamlakatning eng yaxshisi deb topildi.

E’tiborli tomoni, Lindelef ketma-ket ikkinchi yili bu nominatsiyada g‘olib chiqmoqda.

Ma’lumot uchun, "Los-Anjeles Gelaksi" forvardi Zlatan Ibragimovich ushbu sovrinni ketma-ket 10 yil qo‘lga kiritgan va yana ketma-ket uchinchi yili sovrindan quruq qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!