Shvetsiyalik futbolchilarni "ahmoq qilishdi"

  • 7 iyul, 2018, 15:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun bo‘lib o‘tadigan Angliyaga qarshi bahs oldidan Shvetsiya terma jamoasi bilan yoqimsiz holat yuz berdi.

Tecno

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mahalliy vaqt bilan tonggi soat 8:30larda shvetsiyalik futbolchilar joylashgan mehmonxonada yong‘in chiqqani haqida ogohlantiruvchi maxsus signalizatsiya ishga tushgan va terma jamoa a’zolari maxsus yo‘lak orqali evakuatsiya qilingan.

Keyinroq esa ushbu holat yolg‘on ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ammo, shvetsiyaliklar ushbu vaziyatdan norozi bo‘lishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shvetsiya – Angliya uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!