Shveytsariya sensatsion tarzda amaldagi jahon chempionlarini musobaqadan chiqarib yubordi (video)

  • 29 iyun, 2021, 10:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa chempionati 1/8 finalidan o‘rin olgan yana bir uchrashuvda amaldagi jahon chempioni – Frantsiya terma jamoasi Shveytsariyaga qarshi maydonga tushdi.

O‘yinning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlari 3:3 hisobida jangovar durang bilan yakunlangach, g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda kutilmaganda frantsiyaliklar mag‘lub bo‘ldi va musobaqani tark etdi.

Shu kuni Frantsiya safida gollarni Karim Benzema 57', 59' va Pol Pogba 75' kiritgan bo‘lsa, shveytsariyaliklarning gollariga Xaris Seferovich 15', 81' hamda  Mario Gavranovich 90' mualliflik qildi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!