Simeone: «Haqamlarga nisbatan hurmatni yo‘qotmaslik kerak»

  • 20.09.2026 22:48
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone Madrid derbisida «Real» ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘yin haqida fikr bildirdi. 
 

«Birinchi bo‘limda o‘yinni yaxshi nazorat qildik, raqibda deyarli xavfli vaziyatlar bo‘lmadi. Futbolda ba'zi epizodlar borki, ular butun o‘yin manzarasini o‘zgartiradi. Penalti va Juliano bilan bog‘liq vaziyat shunday burilish nuqtasi bo‘ldi. Bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynaganimizda, bizda raqibga muammo yarata oladigan imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Shunday vaziyatlardan birida Jonatan Devid gol urdi. Keyin esa ular o‘zlaridagi xavfli hujumlardan biri orqali hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘lishdi», — dedi Simeone DAZN efirida.
 

Raqib jamoa murabbiyining hakamlik borasidagi bayonotlari haqida so‘ralgan savolga argentinalik mutaxassis shunday javob qaytardi:
 

«Bu haqida aytadigan hech narsam yo‘q. Bu oddiy o‘yin epizodlari, xolos. Ba'zan ular sening foydanga ishlaydi, ba'zan esa yo‘q. Hakamlarga nisbatan hurmatni yo‘qotmaslik kerak. Isming qanday bo‘lishidan qat'i nazar, hamma narsaga ruxsat yo‘q — hatto agar sen Mourinyo bo‘lsang ham».
 

«Atletiko» ushbu g‘alabadan so‘ng 16 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Barselona» esa 5 ochko ko‘proq to‘plagan holda peshqadamlikni saqlab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!