Simeone Kostani tarkibda olib qolmoqchi

  • 15 dekabr, 2018, 09:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone jamoa hujumchisi Diego Kostani Xitoyga qo‘yib yubormoqchi emas. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra argentinalik mutaxassis Kostaning mavsum o‘rtasida jamoadan ketishini xohlamayapti va uni kamida mavsum yakuniga qadar Madridda olib qolmoqchi. Chunki, Simeone “Atletiko”ning boshqa hujumchilaridan ko‘ngli to‘lmayapti va shu bois Kostani tarkibda saqlab qolmoqchi.

Ma’lumot uchun, Diego Kosta joriy mavsum “Atletiko” safida jami 15ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. U ayni damda jarohatini davolatish bilan band. Kostaning fevralda safga qaytishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!