
Simeone Messisiz "Barselona" haqida gapirdi
Diego Simeone Lionel Messining ketishi "Barselona"ga qanday ta’sir qilgani haqida gapirdi.
- Messisiz "Barsa" yomonlashdimi?
"Messi qaerda bo‘lmasin, terma jamoada, xoh "Barselona"da yoki hozirgi jamoasida, hamisha hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Leoda bor xususiyatlar bilan g‘alaba qozonish ehtimoli ko‘proq.
Men Maradona bilan jahon chempionatida o‘ynagan paytim, bizning mag‘lub bo‘lishimiz qiyindek tuyulardi. Agar sizda eng yaxshi futbolchi bo‘lsa, g‘alaba qozonish osonroq", - dedi "Atletiko" bosh murabbiyi.
Fikrlar