
Simeone MYuga qarshi o‘yin oldidan qanday fikr bildirdi?
”Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone bugun bo‘lib o‘tadigan ”Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning aytishicha, MYu ayni dam ancha kuchli raqibga aylangan.
“Biz dunyodagi eng kuchli jamoalardan biriga qarshi saf tortamiz. Ular yangi murabbiy Rangnik kelgach, ancha o‘sishga erishdi.
Hozir raqiblarimiz eng qiyin ligada 4-o‘rinni band etgan. Klub avvalgi darajasini tiklash uchun jiddiy harakat qilmoqda.
Tarkibga e’tibor bersak, u erda barcha iqtidor egalari jam bo‘lganini ko‘rasiz. Ayniqsa, jamoa hujum chizig‘i biz uchun hayratlanarli darajada xavfli.
Men odatda raqibning kuchli tomonlari haqida gapiraman. Biroq unutmaslik kerakki, “Atletiko“ har qanday qudratli klubga qarshi munosib qarshilik ko‘rsatish uchun maydonga tushadi“, - dedi argentinalik mutaxassis.
Fikrlar