Simona Xalep: Maqsadim Olimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lish

  • 6 dekabr, 2018, 09:26
  • 0
  • Tennis
BEPUL PROPAN

Ruminiyalik tennischi Simona Xalep 2020 yilda Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tadigan Olimpiya o‘yinlaridan nimalar kutayotgani haqida so‘zlab berdi.

"Ruminiya Olimpiya terma jamoasi a’zosi ekanimdan faxrlanaman. Albatta, Tokiogacha masofa olis, umid qilamanki, o‘sha vaqtda men o‘z holatimni yanada yaxshilayman. Men 2012 yili London Olimpiadasida ishtirok etganman.

Tennis shaxsiy sport turi, lekin Olimpiya o‘yinlarida senga o‘zgacha bosim bo‘ladi. Umid qilamanki, Tokioda yaxshi ishtirok etib medalni qo‘lga kiritaman. Shuningdek, musobaqaning ochilish marosimida Ruminiya bayrog‘ini maydonga olib kirish mening eng katta orzum.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!