Simona Xalep uchinchi marotaba "Rolan Garros" finalida o‘ynaydigan bo‘ldi

  • 8 iyun, 2018, 00:11
  • 0
  • Tennis
BEPUL PROPAN

Parij shahrida ayollar o‘rtasida "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turnirida ilk finalchi nomi aniq bo‘ldi.

Mazkur musobaqaning yarim finalida dunyoning birinchi raqamli tennischisi ruminiyalik Simona Xalep va ispaniyalik Garbin Mugurusa o‘zaro raqobatlashdi. Ushbu uchrashuvning ilk daqiqalarida o‘yin tizginini o‘z qo‘liga olgan Simona, yakunda 6:1, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi Xalep Frantsiya ochiq chempionatining final uchrashuvida amerikalik Sloan Stivens va Medison Kiz bahsida g‘olib chiqqan tennischi bilan o‘ynaydi.

Shu tariqa Simona Xalep "Rolan Garros" turnirida uchinchi marotaba finalga yo‘l oldi. Shuningdek, o‘tgan yilgi reyting ochkolarini saqlab qoldi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!